«ichki ishlar organlari» tegli maqolalar


Ichki ishlar organlariga qidiruvdagi shaxslarni topishda xususiy OAVdan bepul foydalanish huquqi berilmoqda
19 yanvar 2024, 18:10

Ichki ishlar organlariga qidiruvdagi shaxslarni topishda xususiy OAVdan bepul foydalanish huquqi berilmoqda

Ichki ishlar organlariga jinoyat sodir etgan yoki qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va topishda xususiy OAV imkoniyatlaridan bepul foydalanish huquqi berilmoqda. Senat buni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Hozirda IIO faqat davlat organlari ta’sischiligidagi OAV imkoniyatidan foydalana oladi.

Prezident ichki ishlar xodimlarini orden va medallar bilan taqdirladi
26 oktabr 2023, 09:45

Prezident ichki ishlar xodimlarini orden va medallar bilan taqdirladi

Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan sohaning bir qancha xodimlari “Mardlik”, “Do‘stlik” ordenlari va “Jasorat”, “Sodiq xizmatlari uchun” va “Shuhrat” medallari bilan mukofotlandi.

IIV va Milliy gvardiya xodimlari ekologik huquqbuzarliklar uchun jarima solishi va hibsga olishi mumkin bo‘ladi
2 iyun 2023, 10:16

IIV va Milliy gvardiya xodimlari ekologik huquqbuzarliklar uchun jarima solishi va hibsga olishi mumkin bo‘ladi

Senatorlar Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya xodimlariga ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun, jumladan, daraxtlarni kesish, atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik uchun jarima solish va qamoqqa olish imkoniyatini beruvchi qonunni ma’qulladi.

Ichki ishlar xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlandi
23 yanvar 2023, 15:56

Ichki ishlar xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlandi

Ichki ishlar organlari xodimlari, kasb madaniyati bo‘yicha yangi kodeksga muvofiq, xushmuomala, e’tiborli, ehtiyotkor, fuqarolar va hamkasblariga nisbatan bag‘rikeng bo‘lishi lozim. Ular fuqarolarga qo‘pol muomalada bo‘lmasligi, sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

IIO xodimlari jurnalistlarning ijtimoiy tarmoqlardagi izohlari uchun ularning ota-onalarini so‘roq qildi
9 dekabr 2022, 12:42

IIO xodimlari jurnalistlarning ijtimoiy tarmoqlardagi izohlari uchun ularning ota-onalarini so‘roq qildi

«Gazeta.uz» muxbirining Facebook’dagi izohi uchun ota-onasining uyiga IIB tergov-qidiruv bo‘limi xodimi keldi. Boshqa jurnalistning Facebook’dagi postlari uchun ota-onasi IIB Migratsiya bo‘limiga chaqirtirildi. Jamoatchilik bu nima — «anglashilmovchilikmi yo o‘zboshimchalik» ekaniga izoh berishni talab qilmoqda.

«Qalbingizda iztirob yo‘q». Shokir Sharipov IIV rahbarini yana iste’foga chiqishga chaqirdi
3 dekabr 2022, 12:39

«Qalbingizda iztirob yo‘q». Shokir Sharipov IIV rahbarini yana iste’foga chiqishga chaqirdi

Po‘lat Bobojonov iste’fosini talab qilib Toshkentda bir kishilik piket uyushtirgan publitsist va bloger Shokir Sharipov IIV rahbariga yangi video murojaat yo‘lladi. «15 yoshli bolaning urib, o‘ldirilganini eshitgach, iztirobga tushdingizmi? Agar tushmagan bo‘lsangiz, o‘rningizni boshqaga bo‘shatib qo‘ying», — dedi u.

«Ichimdagi isyon majbur qildi». Toshkentda bloger IIV rahbari iste’fosini talab qilib, piket uyushtirdi
24 noyabr 2022, 11:21

«Ichimdagi isyon majbur qildi». Toshkentda bloger IIV rahbari iste’fosini talab qilib, piket uyushtirdi

Publitsist va bloger Shokir Sharipov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov iste’fosini talab qilib, poytaxtda bir kishilik piket uyushtirdi. U «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida bunga «ichimdagi isyon majbur qildi», deya ta’kidladi.

Prezident — IIOni «insonparvar va xalqchil tizim»ga aylantirish haqida
25 oktabr 2022, 12:48

Prezident — IIOni «insonparvar va xalqchil tizim»ga aylantirish haqida

Prezident ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan soha vakillarini tabriklab, barcha jabhalar qatori IIO faoliyatini liberallashtirish, sohada ochiqlik va oshkoralik muhitini kuchaytirish, «insonparvar va xalqchil tizimga» aylantirish maqsadida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini qayd etdi.

Ichki ishlar xodimlarini videoga olib, uning ruxsatisiz ijtimoiy tarmoqlarga joylash taqiqlanishi mumkin
21 fevral 2022, 12:58 2

Ichki ishlar xodimlarini videoga olib, uning ruxsatisiz ijtimoiy tarmoqlarga joylash taqiqlanishi mumkin

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarni videoga olgandan so‘ng, uning ruxsatisiz ijtimoiy tarmoqlarga joylaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishini ma’lum qildi. IIV rahbari matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov bu borada hujjat hali ishlab chiqilmaganini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, «to‘liq taqiq bo‘lmasa-da, qandaydir chegaralar qo‘yiladi». Bunga deputat Rasul Kusherbayev e’tiroz bildirdi.

Ichki ishlar organlarida korrupsiyaviy jinoyatlar ikki baravar ko‘paygan
8 fevral 2022, 10:22

Ichki ishlar organlarida korrupsiyaviy jinoyatlar ikki baravar ko‘paygan

2021 yilda ichki ishlar organlarining 89 nafar xodimi 119 ta korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan. Bu 2020 yilga nisbatan 2 barobarga ko‘p. Ularning aksariyati hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish va pora «oldi-berdi"si bilan bog‘liq.

Daryo muxbiriga tahdid qilgan IIB xodimiga «qattiq hayfsan» berildi
27 aprel 2021, 14:04 1

Daryo muxbiriga tahdid qilgan IIB xodimiga «qattiq hayfsan» berildi

Daryo nashri muxbirining telefonini tortib olib, uni militsiya bo‘limiga olib borishni buyurgan Qarshi shahar IIB boshlig‘ining o‘rinbosari «qattiq hayfsan» oldi. Boshqa xodimlarining harakatlarida hech qanday qonunbuzarliklar aniqlanmagani ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi qabul qilinadi
5 aprel 2021, 15:08

O‘zbekistonda Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi qabul qilinadi

Aprel oxiriga qadar Jamoat xavfsizligi konsepsiyasining tasdiqlanishi kutilmoqda. Hujjatda patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va probatsiya xizmatlari bo‘linmalarining o‘zaro hamkorlikda ishlashi bo‘yicha yangi mexanizmlarni belgilash ko‘zda tutiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting